Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Ukrainaning yadroviy xavfsizligi uchun 250 million krona beradi
«Ukrainadagi yadroviy avariya nafaqat Ukrainaning o‘zi, balki uning chegaralaridan tashqarida ham oqibatlarga olib keladi», - deya ma’lum qildi Norvegiya TIV.
Norvegiya hukumati Ukrainaning yadroviy xavfsizligi uchun 250 million krona (taxminan 21,5 million yevro) ajratmoqchi. «Urush Ukraina yadroviy xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi TIV 19 iyun, dushanba kuni e’lon qilgan bayonotda. «Ukrainadagi yadroviy avariya nafaqat Ukrainaning o‘zi, balki chegaralaridan tashqarida ham oqibatlarga olib keladi».
Ta’kidlanishicha, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka o‘z mutaxassislarining Ukrainadagi bir qator atom elektr stansiyalari, jumladan, Chernobil va Zaporijjya AESda qolishini ta’minlash uchun 100 million krona yuboriladi. Qolgan 150 million krona atom elektr stansiyalari majmualari xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilishi kerak.
Mablag‘lar 2023 yildan 2027 yilgacha Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan maxsus fonddan olinadi. Bu davrda Norvegiya Ukrainaga fuqarolik va harbiy yordam uchun jami 75 milliard krona ajratmoqchi.
15 iyun kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi ZAESga tashrif buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda vaziyat «jiddiy». Hozirda agentlik ekspertlari guruhi doimiy ravishda u yerda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025