Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarning ish haqi olib berildi
Ish beruvchi korxona rahbari ularning pasportlarini va 160 ming rubl ish haqlarini qaytargan.
Rossiyaning Volgograd shahrida o‘zbekistonlik 3 nafar mehnat migrantining 160 ming rubl ish haqi olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Volgograd shahrida qishloq xo‘jaligi ishlarida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan 3 nafar o‘zbekistonlik ish boshqaruvchi tomonidan pasportlari va ish haqlari olib qo‘yilgani hamda jismoniy kuch ishlatilgani yuzasidan murojaat qilgan.
Vaziyatni tezkorlik bilan o‘rganish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu shahardagi vakili voqea joyiga yetib bordi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili aralashuvi bilan ish beruvchi korxona rahbari ularning pasportlarini va 160 ming rubl ish haqlarini qaytargan. Ish boshqaruvchining xatti-harakatlari esa huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonliklar vokzalga olib borib qo‘yilgan va Volgograd-Samarqand poyezdi uchun chiptalar olib berishga ko‘maklashilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025