Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti
Mirobod tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Mirobod tumanidagi «SAZIIT» podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmog‘i jiddiy shikastlangan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida tumandagi Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik, Istiqlolobod, Sarako‘l, Banokatiy va Navro‘z mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahar elektr tarmoqlari filialining maxsus brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari soat 19:00 ga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur ishlar belgilangan vaqtdan avvalroq yakuniga yetishi mumkin.
Mavzuga oid

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025
O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

22:03 / 17.03.2025