Jahon | 18:49 / 22.06.2023
8140
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga dorilarini noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi 

Qiymati 50 ming dollardan oshadigan dorilar kontrabandasining oldi olingan. 

Foto: Akipress

Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari O‘zbekistonga dori vositalarini noqonuniy olib o‘tishga uringanlarni ushladi. 

4 iyun kuni maxsus xizmat xodimlari va chegarachilar Nookat viloyatida tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani to‘xtatdi. Uning mashinasidan 8 quti kontrabanda dori vositalari topilgan. 

Bundan tashqari, chegaraga yaqin joydan yana 127 quti dori vositalari topilgan. Bu yukni boshqa mashina tushirib, so‘ngra g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda. 

Qo‘lga olingan kontrabanda tovarlarning taxminiy bozor qiymati 50 ming AQSh dollaridan (570 mln so‘m) oshadi.

Mavzuga oid