O‘zbekiston | 16:29 / 26.06.2023
17056
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordamga borishi haqidagi xabarlar yolg‘on - Mudofaa vazirligi

Internetda O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordam berishga shaylangani haqida feyk tarqatildi. Mudofaa vazirligi buni rad etib, tarqalgan videoda bir necha oy oldin Chirchiqdagi Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etganini ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining harbiy texnikalarda Rossiyaga yordamga borish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqidagi xabar – feyk. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan”, – deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Harbiylarning bayonotida elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik so‘ralgan, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik borligi eslatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Rossiyada "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin qurolli isyon ko‘targan edi.

Mavzuga oid