Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Google’ga 4 milliard rubl miqdorida jarima solindi
Jarimani undirish to‘g‘risidagi qaror Moskva sudi tomonidan Google LLC Rossiya «FAS» qarorida belgilangan oldingi jarimani o‘z vaqtida to‘lamaganligi munosabati bilan qabul qilingan.
Google brendiga egalik qiluvchi Alphabet Inc Rossiyada 4 milliard rubl (47 million dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak. Moskvaning Presnenskiy tumani sudining tegishli qarori haqida 27 iyun, seshanba kuni Rossiya Federal monopoliyaga qarshi xizmati («FAS») xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, jarimani undirish to‘g‘risidagi qaror Federal monopoliyaga qarshi xizmat tomonidan Amerika kompaniyasiga ilgari tayinlangan jarimani o‘z vaqtida to‘lamagani munosabati bilan qabul qilingan.
2022 yil fevral oyida «FAS» Rossiyada Internet texnologiyalari bo‘yicha mintaqaviy jamoat markazi («ROTsIT») shikoyatidan so‘ng Google LLC’ga nisbatan qo‘zg‘atilgan monopoliyaga qarshi ishni ko‘rib chiqishni yakunladi. Shundan so‘ng idora Youtube’da (Google LLC’ga tegishli videoxosting xizmati) akkauntlarni shakllantirish, to‘xtatib turish, bloklash va foydalanuvchi kontenti bilan bog‘liq qoidalar shaffof emas va noxolis», degan xulosaga keldi.
Shunga asoslanib, «FAS» komissiyasi Google LLC’ni «YouTube videoxosting xizmatlari bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilish»da aybdor deb topdi va 2022 yil iyul oyida kompaniyaga 2 milliard rubldan ortiq miqdorda (daromadga qarab) jarima soldi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025