Jahon | 11:24 / 29.06.2023
4395
2 daqiqa o‘qiladi

YeIda raqamli yevroni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

Yevropa komissiyasi moliyaviy sektorda raqobatni rag‘batlantirish va innovatsion mahsulotlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar paketini tayyorladi.

Foto: K. Schmitt/Fotostand/picture alliance

28 iyun, chorshanba kuni Bryusselda Yevropa komissiyasi (YeK) tomonidan raqamli yevroning muomalaga kiritilishi haqidagi qonun loyihasi taqdim etildi. Ushbu hujjat moliyaviy sektorda raqobatni rag‘batlantirish va innovatsion mahsulotlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar paketining bir qismidir, deya ma’lum qildi YeK.

Raqamli yevro iste’molchilar va korxonalar uchun «keng qabul qilingan, arzon va xavfsiz pul shaklida» to‘lovlarni amalga oshirishning yana bir usuli bo‘lishi kerak, deya bildirdi idora. U naqd yevro bilan parallel ravishda mavjud bo‘lishi va raqamli hamyonda, masalan, mobil telefonda saqlanishi rejalashtirilgan.

Yevropa komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi ana shunday yangilik uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Biroq, raqamli yevroni muomalaga kiritish imkoniyati va muddatlari haqidagi qarorni Yevropa Markaziy banki (YeMB) qabul qilishi kerak. Bundan tashqari, kuchga kirishi uchun Yevropa komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Yevroparlament va Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar tomonidan ma’qullanishi kerak.

YeMB veb-saytida aytilishicha, raqamli yevro butun yevrozonada ishlatilishi mumkin va «bugungi kunda naqd pul kabi qulay va xavfsiz» bo‘ladi.

Mavzuga oid