Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi
Qirg‘iziston prezidenti mashhur film qahramonlari avtomobillariga o‘xshash texnikani sinab ko‘rdi.
1 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MadWay Rally xalqaro loyihasi vakillari bilan uchrashdi. Poyga 24 iyundan 1 iyulgacha Qirg‘izistonda o‘tkazildi.
Prezident ma’muriyati Japarovning apokalipsisdan keyingi davr haqidagi Mad Max: Fury Road («Tentak Maks: shiddatli yo‘l») mashhur filmidan ilhomlangan holda yasalgan mashinalardan birini boshqarayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
«Tentak Maks: shiddatli yo‘l» filmi avstraliyalik rejissyor Jorj Miller tomonidan suratga olingan va 2015 yilda ekranlarga chiqqan. U juda ko‘p xalqaro sovrinlarga munosib ko‘rilgan, jumladan 6 ta «Oskar»ga sazovor bo‘lgan.


Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025