Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors'ning Asakadagi zavodida ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatiladi
UzAuto Motors Asakadagi avtomobil ishlab chiqarish liniyalari ishini vaqtincha to‘xtatadi. Bunga modernizatsiya ishlari sabab sifatida keltirilgan.
UzAuto Motors kompaniyasi Asakadagi zavodda ishlab chiqarish liniyalari ishini vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayt etilishicha, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda zavodning ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish reja qilinmoqda.
“Ushbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 30 ming donaga oshirish imkonini beradi”, deyiladi UzAuto Motors xabarida.
Mazkur ishlar oldindan rejalashtirilgani va iste’molchilarga avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmasligi va’da qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgandi. Bu modellarga shartnoma berish qachon boshlanishi haligacha noaniq bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025