Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga chegaradosh go‘zal maskan – Olabuqa manzaralari
Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga chegaradosh Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati shimoli-g‘arbida Olabuqa tumani joylashgan. 8 ta qishloq okrugini o‘z ichiga olgan tuman aholisining aksariyati – qirg‘izlar va o‘zbeklar.
Tuman uch tomondan O‘zbekiston hududi bilan o‘ralgan. Markaz qismida yoz kunlari harorat yuqori bo‘lsa-da, markazdan shimoldagi hududlarda harorat ancha salqin bo‘ladi, sababi hudud tog‘ bilan o‘ralgan.
Kun.uz muxbiri Olabuqaning aynan yuqori qismidagi go‘zal tabiat, u yerdagi Ak-baltirxan ko‘li va Olabuqa sharsharasini suratlarga muhrladi.
Zilol suvli Ak-baltirxan ko‘li dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda joylashgan. Ko‘l, sharsharaning atrofi, oxiri ko‘rinmaydigan daraning atrofi Qrim sosnasi bilan o‘ralgan. Cho‘ponlarning aytishicha, bu atrofda bo‘ri, ayiq, qoplon va ko‘plab yovvoyi yirtqich hayvonlar ko‘p uchraydi.


























Suratlar muallifi – Tohirjon Tursunov
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025