Luis Enrike – «PSJ» bosh murabbiyi
Fransiyaning «PSJ» klubi jamoa ustozi Kristof Galteni rasman iste’foga chiqarib, yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.

Foto: PSJ
Unga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati jamoa boshqaruviga Luis Enrikeni taklif etdi. 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolangan.
Enrikening so‘nggi ish joyi Ispaniya milliy jamoasi bo‘lgandi. U shuningdek, «Roma», «Selta» va «Barselona» klublarini boshqargan.
Ma’lumot uchun, «PSJ» Kristof Galte qo‘l ostida yakunlangan mavsum Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi

16:20 / 29.04.2025