Rossiyalik sportchilar Pan-Arab o‘yinlarida suriyalik sifatida ishtirok etmoqda
Ularning ismi-sharifi va tug‘ilgan sanasi o‘zgartirilgan.
Rossiyalik bir necha sportchilar Arab davlatlari o‘yinlarida Suriya terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etdi.
Musobaqalar 5 iyul kuni Jazoirda boshlandi. Unda rossiyalik velosipedchi Tatyana Malkova Tatia Malko ismi bilan, velosipedchi Darya Malkova Darie Malko sifatida, badmintonchi Darya Jyejula Dasha Dhedhula ismi bilan, yengil atletikachi Karina Poludkina Karina Polud ismi bilan, suzuvchi Anastasiya Sorokina esa Enas Sorkine sifatida Suriya terma jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda. Shuningdek, ularning tug‘ilgan yillari ham o‘zgartirilgan.
Ushbu sportchilar Suriya terma jamoasi tarkibida ishtirok etishi uchun rasman sport fuqaroligini o‘zgartirishi shart edi. Pan-Arab o‘yinlari Arab davlatlari milliy olimpiya qo‘mitalari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan va u sport fuqaroligini o‘zgartirish bo‘yicha xalqaro qoidalarga rioya qilishga majbur.
Qayd qilinishicha, rossiyalik dzyudochi Milana Mugu (Milana Mrad) va gimnastkachi Aleksandra Maksimova ham Suriya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Ammo ular qoidaga binoan sport fuqaroligini o‘zgartirgan.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi, shuningdek, velosport bo‘yicha Rossiya terma jamoasi va Umumrossiya yengil atletika federatsiyasi rahbariyati o‘z sportchilarini Pan-Arab o‘yinlarida ishtirok etayotganidan bexabar ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2022 yil fevral oyida Ukraina bosqini boshlanganidan keyin rossiyalik sportchilarni barcha musobaqalardan chetlatish haqida sport federatsiyalariga tavsiya bergan edi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024