Bolgariya o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ishga jalb qilishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xodimlarining Bolgariyaga safari davomida Nesebr shahar meriyasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Bolgar tomoni mehnat migratsiyasi sohasida va O‘zbekistonning nufuzli universitetlari bilan doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.
Tadbir yakunida sayyohlik agentliklari tashriflarini amalga oshirish, markazlashgan holda mehnat migrantlarni Nesebrda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Diplomatlar tashrifi davomida, shuningdek, Nesebr shahrida tajriba almashish uchun kelgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashdi.
Mavzuga oid
10:50 / 02.11.2024
Rosstat RFdagi migrantlar haqidagi statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi
12:50 / 28.10.2024
Bolgariya parlamentiga saylovlarda FBeT - DKI bloki yetakchilik qilyapti
22:05 / 22.10.2024
“2 million vatandoshimiz chetda ishlab yurishi – tabiiy jarayon emas” - Botirjon Shermuhammad
16:30 / 14.10.2024