Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yoshlar kadrlar almashinuvi bo‘yicha Yaponiyaga yuboriladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Hatori, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari doirasida almashinuv notasi hamda loyihani bajarish bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan grant bitimi imzolandi. Loyiha qiymati 2,2 mln dollarni tashkil etib, uning doirasida 2024 yili vazirlik va idoralar vakillariga magistratura (18 ta) va doktoranturada (1 ta) o‘qish imkoni yaratiladi.
Loyiha doirasida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish, tibbiyot va hamshiralik, mehmonxona menejmenti, avtomobilsozlik hamda yapon tilini o‘rgatish kabi yo‘nalishlarda ta’lim berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025