O‘zbekiston | 15:44 / 11.07.2023
8358
1 daqiqa o‘qiladi

MSK saylov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining bugun, 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisida 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Foto: MSK

Markaziy saylov komissiyasi majlisida 2023 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzildi hamda saylov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga saylovchilarning 4,43 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovga 4,02 foizi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Abdushukur Hamzayevga 3,74 foizi yoqlab ovoz bergani bayonnomada aks ettirildi.

Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz bergan.

Mavzuga oid