Donbassdagi jangchilar va Kiyevda shug‘ullanayotgan aholi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 503-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Vilnyusdagi sammitning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Ukraina uchun alyans tomon yo‘l osonlashtirilishini ma’lum qildi — ammo hozircha Kiyev taklif etilmaydi.
- Zelenskiy NATOni Ukrainaning a’zoligi masalasidagi «noaniqlik» uchun tanqid qildi. Ukraina prezidenti alyans sammitining birinchi ish kunida ishtirok etmaslikka qaror qildi, ammo Vilnyusda o‘z mamlakatining NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlab tashkil etilgan konsertda qatnashdi.
- Fransiya Ukrainaga harakatlanish masofasi kamida 250 kilometrga teng bo‘lgan Storm Shadow raketalarini taqdim etdi.
- Sergey Shoygu AQSh Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishiga javoban, Rossiya qo‘shini ham shunday qurolni qo‘llashini aytdi. Bunday snaryadlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida taqiqlangan. Ukraina, AQSh va Rossiya kassetali snaryadlarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyani imzolamagan.
- RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlar hujumini uyushtirdi. Kiyev oblastida turar joy binosi, Odessada — port shikastlandi.
- Krasnodarda «Krasnodar» suvosti kemasining sobiq komandiri Stanislav Rjitskiy o‘ldirildi. Qotillikdan bir necha soat o‘tib Tergov qo‘mitasi gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari
Kiyevda mahalliy aholi vakillari o‘q otishga o‘rgatilmoqda
Volodimir Zelenskiy Vilnyusdagi NATO sammitida
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sammitning birinchi kuni ishida ishtirok etmadi, ammo Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan konsertga bordi. Sahnada u bilan birga rafiqasi Yelena Zelenskaya, shuningdek Litva prezidenti Gitanas Nauseda rafiqasi Diana bilan chiqish qildi. Zelenskiy Litvaga harbiy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi va Vilnyusga ittifoqchilar va hamkorlarga, shuningdek «kuchli NATO»ga katta ishonch bilan kelganini aytdi:
«Ikkilanmaydigan, vaqtni behuda o‘tkazmaydigan va har qanday tajovuzkorga befarq bo‘lmaydigan NATOga ishonganim uchun. Va men xohlardimki, bu ishonch har bir jangchimiz, har bir fuqaromiz, har bir ona, har bir bola kutayotgan, barchamiz munosib bo‘lgan qarorlar bilan mustahkamlansin. Nahotki bu shunchalik katta istak bo‘lsa?»
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024