Fan-texnika | 22:37 / 13.07.2023
73810
2 daqiqa o‘qiladi

Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi 

U Wi-Fi standartidan 100 barobar tez ishlaydi. 

Foto: Getty Images

Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE) yorug‘likka asoslangan simsiz aloqa standarti sifatida 802.11bb standartini qabul qildi. U 224 GB/s gacha ulanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Li-Fi deb nomlangan tizim ma’lumotlarni radiochastota yordamida emas, balki infraqizil nurlanish orqali, maxsus uzatuvchi va qabul qiluvchi yordamida uzatadi. Misol uchun, masofadan boshqarish pulti ham xuddi shunday usulda ishlaydi. 

Radiochastota o‘rniga yorug‘likdan foydalanishning afzalligi nafaqat tezroq ulanish, balki Wi-Fi va 5G kabi an’anaviy texnologiyalarga nisbatan «misli ko‘rilmagan xavfsiz» ekanida. 

Yorug‘lik faqat ko‘rish chegarasida tarqalgani sababli, u devorlar orqali tarqalish, aloqa sifatiga ta’sir qilish va xufiyona ulanish xavfini kamaytiradi. Bino ichida navigatsiya qilish orqali ulanishning maxfiyligini sezilarli darajada oshiradi. 

To‘g‘ri, Li-Fi faqat bino ichida ishlaydi, shuning uchun bunday standart, albatta, Wi-Fi va 5G tarmoqlarini siqib chiqara olmaydi. Radioto‘lqinlar havoda va shaffof bo‘lmagan obektlar orqali uzoq masofalarga ma’lumot uzatishda hamon ustun afzalliklarga ega. Li-Fi esa faqat maqsadga muvofiq bo‘lgan joylarda joriy etiladi. 

Endi IEEE 802.11bb standarti qabul qilingach, ishlab chiqaruvchilar ekotizimga ko‘proq ishonch hosil qilishi va iloji boricha texnologiyani integratsiyalashni boshlashi mumkin. Birinchi tijoriy Li-Fi tarmoq qurilmalari bo‘lajak elektronika ko‘rgazmalarida namoyish etilishi mumkin.

Mavzuga oid