BMT: Sudanda ommaviy qabr topildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tezkor harakat kuchlarining kamida 87 kishining o‘limiga va ommaviy qabr yaratishga aloqadorligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanning G‘arbiy Darfur mintaqasidagi ommaviy qabrdan kamida 87 kishining jasadi topilgan. 13 iyul, payshanba kuni Jyenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkning aytishicha, odamlarning o‘limi va ommaviy qabr yaratilishi uchun Tezkor harakat kuchlari (RSF) mas’ul ekanligi haqida ishonchli ma’lumotlar bor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa aholisi o‘lganlarning jasadlarini yo‘q qilishga majburlangan. Jasadlar qabristonlardan biriga munosib ko‘milish o‘rniga El-Jyeneyna shahri yaqinidagi ochiq maydonga dafn qilingan, deb xabar bermoqda Reuters.
Mamlakatning amaldagi prezidenti bo‘lgan, O‘tish davridagi suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi Sudan armiyasi va RSF o‘rtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Tomonlar bir necha bor sulh e’lon qilgan, biroq unga rioya etmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi mojaro kamida 1800 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va minglab odamlar yaralangan. 350 000 ga yaqin sudanlik mamlakatni tark etdi, bir millionga yaqin kishi esa o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. BMT Sharqiy Afrikada humanitar inqiroz yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
07:50 / 22.11.2024
BMT RFning Dniproga ballistik raketa zarbasidan xavotirda
15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024