Yevropa investitsiya banki Ukrainaga yordam berish uchun yangi fond tuzdi
Yevropa Ittifoqi banki 400 million yevrolik jamg‘arma tashkil etilishini e’lon qildi, u bir xil maqsadlarga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli rejasi kuchga kirgunga qadar Ukrainani qayta tiklashni moliyalashtiradi.
Yevropa investitsiya banki (YeIB)ning ushbu maqsadli jamg‘armasi Ukraina banklari va korxonalariga grantlar hamda kreditlar, shuningdek kafolatlar taqdim etishi rejalashtirilgan.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatdan 16 tasi ushbu fondni moliyalashtirishda ishtirok etishga rozi bo‘lgan.
O‘tgan yili YeIB Ukrainaga maktablar, shifoxonalar, ijtimoiy uy-joylar, bolalar bog‘chalari va shahar transportini moliyalashtirish uchun 1,7 milliard yevro ajratdi. Bu yil Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro yuboradi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi 2024 yildan 2027 yilgacha Kiyevga 50 milliard yevro ajratish majburiyatini oldi.
Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi jamg‘armani moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi va bu mamlakatga moliyaviy yordamini YeI budjeti orqali yo‘naltirishni afzal ko‘rishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024