Sport | 20:27 / 15.07.2023
20567
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

Musobaqada Pokiston, Qozog‘iston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistondan 156 nafar yosh voleybolchi ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo chempionatida voleybol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar milliy terma jamoalari qatnashmoqda. 14 iyul kuni o‘rtasida musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: IIV matbuot xizmati

IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi mezbonlik qilayotgan musobaqaning ochilish marosimida Voleybol federatsiyasi, Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi rahbarlari hamda vazirlik va idora vakillari, shuningdek sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Foto: IIV matbuot xizmati
Foto: IIV matbuot xizmati

Musobaqada Pokiston, Qozog‘iston, Eron, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalari tarkibidagi 156 nafar yosh voleybolchi g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Tantanali ochilish marosimida mehmonlarga chempionat ishtirokchilari tanishtirilib, tashkilotchi va Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi rahbarlari so‘z olib jamoalarga omad tilashdi.

Foto: IIV matbuot xizmati
Foto: IIV matbuot xizmati

Markaziy Osiyo chempionati joriy yilning 20-30 iyul kunlari U-16 yoshgacha bo‘lgan erkaklar milliy terma jamoalari o‘rtasida birinchi bor o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi. Ushbu musobaqa ham “JAR” sport majmuasida o‘tkaziladi. Osiyo chempionatida qit’aning 20 ta davlat terma jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: IIV matbuot xizmati
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati bahslari 19 iyul sanasida nihoyasiga yetadi. 20-30 iyul kunlari esa 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. 

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

 

 

Mavzuga oid