O‘zbekiston | 07:37 / 19.07.2022
9600
1 daqiqa o‘qiladi

Voleybol federatsiyasi mansabdorlari budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlandi 

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

Foto: Kun.uz

O‘rganishda, federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.

Xususan, sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri buyrug‘iga asosan, federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun budjetdan 445 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchi turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zararning 120 mln so‘mi qoplanishi ta’minlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid