Boku: Rossiya Qorabog‘ bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargani yo‘q
«Ozarboyjon hududidagi arman qurolli tuzilmalarining qoldiqlari» «Rossiya tinchlikparvar kontingenti nazorati ostida» qo‘llab-quvvatlanmoqda», deya ma’lum qildi Boku.
Ozarboyjon Rossiya Tashqi ishlar vazirligining 15 iyul kuni Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan bergan bayonotidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi. «Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ushbu bayonoti Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga, shuningdek, Rossiya prezidentining Ozarboyjon hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Qorabog‘ mintaqasi haqidagi gaplariga mos kelmaydi», - deyiladi 15 iyul kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatda.
Shu bilan birga, Boku Rossiyaning «Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan Qorabog‘ni Ozarboyjonning ajralmas qismi sifatida tan olinishi kontekstida Ozarboyjon hududiy yaxlitligi va suverenitetini sharhlash va shart qo‘yishga» urinishlarini «qabul qilib bo‘lmaydigan holat» deb atadi.
Ozarboyjonning o‘zi Boku, Yerevan va Moskva o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarga sodiqligini namoyish etadi, deyiladi bayonotda. «Shunga qaramay, uch tomonlama bayonot tuzilganidan keyin Armaniston ushbu hujjatning ko‘p qoidalariga rioya qilmadi, Rossiya esa o‘z majburiyatlari doirasida bayonotning to‘liq bajarilishini ta’minlamadi», — deyiladi Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Shu bilan birga, u sheriklar «Armanistondan Ozarboyjon hududiga harbiy texnika va minalar, noqonuniy qurolli guruhlar o‘tishi», shuningdek, «uchinchi davlat fuqarolarining Lochin yo‘lagi orqali noqonuniy kirib kelishining oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmagani»ni ta’kidladi.
Ozarboyjonda «mintaqadagi go‘yoki og‘ir humanitar vaziyat to‘g‘risida»gi bayonotlar asossiz deb hisoblandi. Bundan tashqari, Boku «Ozarboyjon hududidagi arman qurolli tuzilmalarining qoldiqlari Rossiya tinchlikparvar kontingenti nazorati ostida» qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirdi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024