Rossiyaning «qasos zarbasi» va Donbassdagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 510-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 18 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina janubiga raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Odessada parchalar portga zarar yetkazgan.
- RF mudofaa vazirligi va Kreml Odessa o‘qqa tutilishini Qrim ko‘prigidagi portlash uchun «qasos zarbalari» deb atadi.
- «Kommersant» nashri yozishicha, tergov Qrim ko‘prigida «ikkitalik terakt» sodir etilgani versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Tergovchilarning ma’lumotiga ko‘ra, obektga avvaliga portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan va masofadan boshqariladigan gidrosikllar hujum qilgan, ularning ko‘magida «yanada takomillashtirilgan jangovar apparatlar» bilan zarba berilgan.
- RF vitse-premeri Marat Xusnullinning baholashicha, 17 iyul kuniga o‘tar kechasi portlash sodir etilgan Qrim ko‘prigini tiklash kamida milliard rublga tushadi.
- Bosh razvedka boshqarmasining (GRU) iste’fodagi polkovnigi Vladimir Kvachkovga qarshi Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha protokol tuzildi. Bu ishga aynan nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
- 19 iyulga o‘tar kechasi ham Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan yoppasiga hujum uyushtirdi. Mamlakatda keng ko‘lamli havo trevogasi e’lon qilindi: Odessada portlashlar ro‘y berdi, Kiyevda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishladi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabiga ko‘ra, harbiylar barcha raketalarni, jumladan 35 drondan 31 tasini yo‘q qilgan.
Odessa bo‘ylab «qasos zarbasi» oqibatlari
18 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Odessa bo‘ylab Shahed kamikadze dronlari va «Kalibr» qanotli raketalari bilan hujum qildi. RF mudofaa vazirligi va Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hujumni «Qrim ko‘prigi uchun qasos zarbalari» deb atadi.
Ukraina QK «Janub» operativ qo‘mondonligi Odessa va Mikolayiv oblastlarida rossiyaliklarning oltita raketasi va 25 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Kiper qurbonlar yo‘qligi, tinch aholi vakillaridan bir kishi yaralanganini xabar qildi.
Kreml va RF mudofaa vazirligi Rossiya harbiy dengiz kuchlari Ukrainaning Odessa shahridagi port infratuzilma obektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba bergani, shuningdek, Odessa va Mikolayiv oblastlaridagi Ukraina qurolli kuchlari uchun yonilg‘i saqlash omborlari yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi «rejadagi barcha nishonlar yo‘q qilingani»ni ta’kidlagan. Odessa shahri rasmiylariga ko‘ra, shaharda raketa parchalari tushishi oqibatida g‘alla tashish uchun transport tugunlaridan birining infratuzilma obektlaridan tashqari, bir qancha turar joy binolari ham shikastlangan.
Qrim ko‘prigidagi tirbandlik
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi artilleriyasi
Jasadi birodarlik qabristonidan topilgan ukrain jangchisining dafn marosimi
Mikolayivda yakson etilgan rus texnikalari ko‘rgazmasi
Ukraina shaharlarida vaqti-vaqti bilan rossiyaliklarning yakson etilgan va o‘lja qilib olingan harbiy texnikalari ko‘rgazmalari o‘tkazib turiladi. 7 iyuldan buyon bunday ko‘rgazma Mikolayiv shahridagi Sobor maydonida faoliyat ko‘rsatmoqda, bu yerda yettita eksponat tomosha uchun qo‘yilgan — razvedka uchun nazorat mashinalari, zirhlangan avtomobillar va zirhli transportyorlar.
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024