Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti beshinchi marta Umra ziyoratini ado qildi
Shuningdek, Emomali Rahmon uchinchi marta Ka’baga kirdi.
Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19 iyul kuni musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Umra (kichik Haj) ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
«Emomali Rahmon Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari bilan uchrashishdan oldin Makkaga yo‘l oldi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, «Emomali Rahmon ehrom kiyib, Allohning uyiga kirib, Ka’batulloh ichida 2 rakaat nafl namozini o‘qidi». Shundan so‘ng, Safo va Marvo tepaliklariga chiqib, Zamzam qudug‘idan suv ichdi.
«Emomali Rahmon Makkaga safari chog‘ida o‘z xalqi farovonligi uchun duo qildi», deyiladi xabarda.
Emomali Rahmon Saudiya Arabistoniga rasmiy va amaliy tashriflari chog‘ida beshinchi marta Makkani ziyorat qilmoqda.
Bungacha u to‘rt marta kichik Haj ziyoratini qilgan va ikki marta Ka’baga kirgan. Bu safar uchinchi marta. U dastlab 1997 yilda kichik Haj ziyoratini ado etgan bo‘lsa, so‘ngra 2001, 2005 va 2016 yillarda ham bu amallarni bajargan.
Mavzuga oid
21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024