Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Ukraina 1,3 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini oladi
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qildi, uning umumiy hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Yordam paketi to‘rtta NASAMS zenit-raketa tizimlari va ularga o‘q-dorilar, 152 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi raketalar, yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilari, Phoenix Ghost va Switchblade uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, dronlar va elektron urushlarga qarshi vositalarni o‘z ichiga oladi, deya xabar berdi Amerika Mudofaa vazirligi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukraina uchun 150 ta yonilg‘i quyish qurilmasi, 115 ta texnikani tortish va tashish uchun taktik mashina, texnikani evakuatsiya qilish uchun 50 ta taktik mashina, portlar va bandargohlarni himoya qilish va minalardan tozalash uchun uskunalar, shuningdek, taktik xavfsiz aloqa tizimlarini sotib oladi.
Yangi yordam paketi «Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi» (USAI) orqali taqdim etilmoqda, u asbob-uskunalar va qurollarni AQSh armiyasi arsenallaridan olib chiqishni emas, balki ularni sanoatdan sotib olishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025