Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk marotaba davlat–xususiy sheriklik asosida GES quriladi
«O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan 5 ta GES loyihasi tenderga qo‘yildi.
«O‘zbekgidroenergo» AJ umumiy quvvati 46,6 MVt, yillik o‘rtacha ishlab chiqarish hajmi 179 mln kVt⋅soat va umumiy qiymati 106,9 mln dollar bo‘lgan 5 ta - «Qizildaryo», «Suvlisoy», «Dukensoy», «Ko‘ksuv» va «Quyi Ko‘ksuv» GES loyihalarini investorlar (xususiy sherik) jalb qilish maqsadida tenderga qo‘ydi.
Qayd qilinishicha, bu O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida quriladigan birinchi GES bo‘ladi.
DXSh asosida qurilishi rejalashtirilgan inshootlarga Jahon banki tomonidan «Institutsional salohiyatni oshirish» grant mablag‘lari hisobidan yuqori malakaga ega xorijiy maslahatchilar yo‘llangan.
Xususan, Synergy Infrastructure and Financial Advisory Services Inc moliyaviy maslahatchi, Dolsar Engineering texnik maslahatchi va UNICASE yuridik maslahatchi sifatida tender asosida tanlab olingan. Mazkur kompaniyalar loyiha hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ish olib boradi.
Tender yagona lot orqali avgust oyida o‘tkaziladi. Bu esa loyihalarning amalga oshirilishini soddalashtirib, jarayonni optimallashtirishi va samaradorlik hamda shaffoflikni ta’minlashi aytilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
23:55 / 08.04.2025