O‘zbekiston | 12:17 / 21.07.2023
22105
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Parijda taniqli o‘zbek dizaynerlarining modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi

Grand Fashion Week mavsumi doirasida Parijdagi Parijdagi La Galerie Bourbon galereyasida o‘zbekistonlik taniqli dizaynerlarning modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi, ular mavsumning eng zamonaviy kolleksiyalarini taqdim etdi. Ushbu tadbir  Visa va “Kapitalbank” ATB ko‘magida amalga oshirildi.

Namoyishlarda ANOR, Moel Bosh, 7Saber, Cherrymyx, Nadi.uz brendlari va dizayner Shahzoda Muhamedova ishtirok etdi. O‘zbek moda sanoatining mastodontlari – yirik namoyandalaridan tashqari “Commence” yosh dizaynerlar tanlovining g‘olibi, yosh modeler Sevinch Normamatova o‘zining yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Ko‘rgazmalar namoyishi orasidagi tanaffuslarda taniqli o‘zbek raqqosasi Parizoda o‘zbek milliy raqslari bilan barchani xushnud qildi.

“Kolleksiyadagi obrazlar orqali bizning sharq madaniyatimizni belgilovchi o‘ziga xoslik va estetik didimiz ramzi bo‘lgan O‘zbekistonning milliy belgilari - ramzlari qizil iplar orqali ifodalanadi. Biz jamoatchilikni adras va shoyi kabi yangi etnik matolar, shuningdek, kashtachilik va zardo‘zlik buyumlarini tikish texnikasi bilan tanishtiramiz”, - deya hikoya qiladi Grand Fashion Week ko‘rgazmasi tashkilotchisi Dilnoza Umurzoqova.

“Grand Fashion Week ko‘rgazmasi modaning kuchi turli madaniyat vakillari o‘rtasida universal muloqot tili sifatida namoyon bo‘lganligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonlik iste’dodli dizaynerlar zamonaviy moda estetikasi bilan madaniy an’analarni uyg‘unlashtirgan holda butun dunyoga qanday “tanilayotganlarini” ko‘rish qanchalik quvonarlidir. Menimcha, bu narsa O‘zbekistonning boy merosini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi”, - deya o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi O‘zbekistonning eng yirik inflyuyenser – blogerlaridan biri Maryam Tillayeva.

“Ushbu loyihada biz uchun muhim bo‘lgan ikkita g‘oya birdaniga o‘z ifodasini topdi: yangi narsa yaratish istagi, xoh u kolleksiya bo‘lsin, xoh brendning rivojlanishi. Ikkinchisi – kolleksiyalarda o‘z ifodasini topgan o‘zbek xalqining noyob, betakror madaniyatini butun dunyo bilan baham ko‘rish istagi. Biz bu loyihani qo‘llab-quvvatlaganimizdan mamnunmiz, chunki ushbu loyiha tufayli bugun butun moda olami O‘zbekistonlik iste’dodlar haqida gapirmoqda”, - deydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

Parijning tarixiy markazida joylashgan La Galerie Bourbon galereyasi Ispaniya qirollik oilasining sobiq qarorgohi va Parijdagi ko‘plab moda uylarining tadbirlari o‘tkaziladigan joy hisoblanadi. Ko‘rgazma namoyishi ustida yetakchi byuti-go‘zallik jamoalaridan biri – Davide va Jacob ishlamoqda, ushbu jamoa a’zolari Parij va Milandagi moda haftaliklarining azaliy hamkorlari bo‘lib, jahon brendlari, kinofestivallari va selebriti – bir qator taniqli shaxslar bilan ishlagan portfolioga ega. 

Tadbir ANOR Creative Group, Kapitalbank | Visa, Yosh dizaynerlar kengashi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Loyihaning bosh hamkori: Visa | Kapitalbank. Loyiha hamkorlari: Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi, Afsona World Travel sayyohlik firmasi, 7Saber brendi.

 Reklama

Mavzuga oid