Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «voyenkomat»ga kelmaganlar uchun jarima yuz baravar oshirilishi mumkin
Davlat dumasiga harbiy ro‘yxatga olish bo‘limi («voyenkomat»)ga o‘z vaqtida kelmaganlik uchun jazoni kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarimalar sezilarli darajada oshiriladi.
Rossiya Davlat dumasiga «voyenkomat»ga kelmaslik, komissarliklarga safarbarlik ishlarida yordam bermaslik va safarbarlik ro‘yxatlarini taqdim etmaslik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda 20 iyun, payshanba kuni Rossiya OAV. Yangilik e’lon qilingan paytda, o‘zgartirishlar Dumaning ma’lumotlar bazasida hali paydo bo‘lmagan, ammo Rossiyaning barcha yirik axborot agentliklari ular haqida batafsil yozdi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, chaqiruv bo‘yicha «voyenkomat»ga uzrsiz sababsiz kelmaganlik uchun jarima 100 baravarga - 40-50 ming rublgacha (hozir u 500 dan 3000 rublgacha), tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima - 500-3000 rubldan 21 ming rublgacha ko‘tariladi. Harbiy ro‘yxatga olish hujjatlarini qasddan yo‘q qilganlik yoki yo‘qotganlik uchun ham jarima oshiriladi.
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqaro «yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tgani ro‘yxatdan o‘tish bilan tasdiqlanmagani yoki Rossiyadan olti oydan ortiq muddatga chiqib ketgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida harbiy ro‘yxatga olish organiga xabar berilmagani, Rossiyada harbiy komissarlikka belgilangan muddat ichida kelinmagani» uchun 10 000 rubldan 20 000 rublgacha jarimaga tortiladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirish bilan bog‘liq jarimalar mansabdor va yuridik shaxslarga ham nazarda tutilgan. Harbiy ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaganlik uchun 40 mingdan 50 ming rublgacha, fuqarolarni chaqiruv elektron shaklda yuborilgani to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun mansabdor shaxslar uchun 40 mingdan 50 ming rublgacha va yuridik shaxslar uchun 350 mingdan 400 ming rublgacha jarima joriy etish taklif etiladi.
Ushbu tuzatishlarni Davlat dumasiga aynan kim kiritgani noma’lum, faqat qonun loyihasi Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi tomonidan ma’qullangani xabar qilingan. O‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish sanasi hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025