O‘zbekiston | 08:12 / 22.07.2023
2489
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Taraqqiyot dasturi rahbari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan BMT Taraqqiyot dasturi doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi.

Foto: Dunyo

«Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Vazir BMTTD bilan yaqin hamkorlik va aniq natijalarga erishishga qo‘shgan hissasi uchun unga minnatdorchilik bildirgan. 

«O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga sodiqdir», deydi Baxtiyor Saidov.

Matilda Dimovska 2019 yil mart oyidan beri BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid