Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «chet el agentlari» reyestri yanada kengaytirildi
Rossiya Adliya vazirligi «Dojd» telekanali boshlovchisi Mixail Kozirevni «chet el agentlari» reyestriga kiritdi. Shuningdek, «Tsentr T» inson huquqlari tashkiloti va «7×7 - Gorizontalnaya Rossiya» nashri «chet el agentlari» deb e’lon qilindi.
Rossiya Adliya vazirligi 21 iyul, juma kuni jismoniy shaxslar - «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirdi. Unga «Dojd» telekanali boshlovchisi Mixail Kozirev, Davlat dumasining sobiq deputati va tadbirkor Konstantin Borovoy, ijtimoiy faol Pavel Sulyandziga va «Planerka» jurnalistlar jamiyati asoschisi Aleksandr Litvinov kirdi.
Bundan tashqari, Rossiyaning «7×7 - Gorizontalnaya Rossiya» mintaqaviy ommaviy axborot vositasi va «Tsentr T», «Omskoye grajdanskoye ob’yedineniye» huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda «Pravo kajdogo» nodavlat tashkiloti «chet el agentlari» bo‘lgan tashkilotlar deb e’lon qilindi.
Mixail Kozirev, Rossiya Adliya vazirligiga ko‘ra, «chet el agentlari» uchun materiallar yaratgan, Ukraina urushiga qarshi chiqqan. Rossiyadan tashqarida yashovchi Borovoy, boshqa narsalar qatorida, go‘yoki «Rossiyani terrorchi tashkilot bilan tenglashtirgan».
Pavel Sulyandziga, idoraga ko‘ra, «natijalari Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga chaqirgan». Sulyandziga - Rossiya Uzoq Sharqidagi mahalliy xalqlarning huquqlari himoyachisi. U 2022 yilda Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan Rossiyaning Tub xalqlari xalqaro qo‘mitasining asoschilaridan biri edi.
«7x7 - Gorizontalnaya Rossiya» nashri Rossiya armiyasi haqida «noto‘g‘ri ma’lumot» tarqatganlikda ayblangan. «Tsentr T» tashabbus guruhi Rossiyada ayrim toifadagi odamlarga yordam beradi, «Pravo kajdogo» inson huquqlari nodavlat tashkiloti ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan ishlaydi - masalan, OIV yuqtirganlar bilan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025