Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari kengayadi
2023 yil 24 iyul kuni Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari tomonidan “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga Konstitutsiyaviy sud tomonidan referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berilishini, shuningdek Konstitutsiyaviy sud sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligidan kelib chiqib, Konstitutsiya va qonunlarning so‘zsiz ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda bo‘lishini ta’minlaydi.
Fraksiya a’zolari mazkur qonun loyihasi muhim konseptual hujjat ekanligi, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, uni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
11:10 / 12.02.2025
Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi
13:24 / 06.02.2025
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud
18:14 / 11.12.2024