Jahon | 14:14 / 25.07.2023
15539
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukrainada dronlar hujumi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 516-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskvaga dronlar hujum qildi. Ikkita uchuvchisiz uchar qurilma Komsomolskiy va Lixachev prospektlaridagi noturar joylarga qulagan. Uchinchisi — Zelenograd okrugida. Hech kim jabrlanmagan. Kreml hujumda Ukrainani aybladi, Kiyevda bu hodisaga aloqadorlik rasman tasdiqlanmadi. Ukrain nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, hujum Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasining maxsus amaliyoti bo‘lgan.
  • Vladimir Putin zaxirada bo‘lish yoshini 5 yilga oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
  • Anneksiya qilingan Qrimda dronlar Janko‘y rayonidagi o‘q-dori omboriga hujum qilgani haqida xabar berildi. RF mudofaa vazirligi 17 dron urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Odessa oblasti kamikadze dronlar hujumiga duchor bo‘ldi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujum nishoni Dunay port infratuzilmasi bo‘lgan. Rossiya tomoni hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Moskvada dronlar hujumi oqibatlari

24 iyulga o‘tar kechasi Moskvaga dronlar hujum uyushtirdi. Shahar meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, dronlar shahar markazining janubi-g‘arbiy qismidagi ikkita noturar joyga urilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Bellingcat tadqiqotchisi Xristo Grozevning ma’lumotiga ko‘ra, Komsomolskiy prospektida dron qulagan nuqta atrofida harbiy obektlar joylashgan.

RF mudofaa vazirligi dronlar radioelektron kurash vositalari orqali ishdan chiqarilganini ma’lum qilib, hujumda Ukrainani aybladi. Kiyev Moskvaga qilingan hujum yuzasidan rasmiy izoh bermadi, ammo ukrain nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi bu hujumga aloqador bo‘lgan.

Lixachev prospektidagi biznes-markazning dron kelib urilishidan keyingi ko‘rinishi
Meng Jing / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Dronlardan biri qulagan joydagi xavfsizlik xizmati xodimlari
Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA

Odessa don omboridagi vayrongarchilik

24 iyulga o‘tar kechasi Odessa oblastiga dronlar hujum uyushtirdi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, ularning maqsadi Dunay port infratuzilmasi bo‘lgan. Odessadan 70 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Pavlovka posyolkasida g‘alla saqlangan angar, shuningdek boshqa turdagi  yuklarning rezervuarlari shikastlangan. Hujum vaqtida port xodimlaridan olti nafari jarohatlangan. 

Scott Peterson / Getty Images
Pavlovkalik kishi rossiyaliklarning g‘alla omboriga hujumidan keyin hududni tozalamoqda
Scott Peterson / Getty Images
Rossiya raketasi qoldiqlari
Scott Peterson / Getty Images
G‘alla saqlangan angarning rossiyaliklar zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Scott Peterson / Getty Images

Donetsk oblastidagi ukrain jangchilari

 

Ukrain artilleriyachilari rossiyaliklar pozitsiyalari bo‘ylab zarba bermoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Ukrainalik jangchi boshpanada
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainaga tegishli BTR bir yildan buyon janglar to‘xtamayotgan Baxmut tomon ketmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik askar front chizig‘i yaqinida
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid