Tovar brendidan noqonuniy foydalanib mahsulot ishlab chiqarganlarga javobgarlik kuchaytirilyapti
Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
Qonun loyihasi bilan inson hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi taklif etilmoqda. Loyihada etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik yoki muomalaga kiritganlik to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalanib mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jazolarni kuchaytirish taklif etilmoqda.
Yig‘ilishda fraksiya a’zolari muhokama etilgan qonun loyihasini ma’qulladi.
Mavzuga oid
13:37 / 06.09.2024
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
09:00 / 17.08.2024
Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar 1 million dollar miqdorida grant oladi
08:18 / 24.07.2024