Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy jamoasi Putinga qarshi aksiya e’lon qildi
Muxolifatchi tarafdorlari uni «ma’nisiz urushni boshlagan qotil» deb hisoblamoqda.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning sheriklari butun dunyo bo‘ylab «Putin – qotil» deb nomlangan norozilik aksiyasini e’lon qilishdi. U 2023 yilning 20 avgustida, Navalniy zaharlanganining uch yilligida bo‘lib o‘tadi.
«Qo‘rquv, zo‘ravonlik, qotillik — Putin hokimiyati 20 yildan ortiq vaqt davomida shunga asoslanib faoliyat yuritmoqda. Rossiyada unga qarshilik ko‘rsatganlar, mamlakatimizning erkin kelajagi uchun kurashganlar uning birinchi qurboniga aylandi. Endi Putin XXI asrda, qo‘shni davlatda har kuni yuzlab va minglab odamlar halok bo‘layotgan dahshatli va eng ma’nosiz urushni boshladi. Putin — qotil. Keling, bu haqda iloji boricha baland ovozda aytaylik», deyiladi Navalniy tarafdorlari chaqirig‘ida.
Muxolifatchi jamoasi 20 avgust kuni «xavfsiz mamlakatlarda yashovchi barchani» mitingga chorladi. Faollardan «Putin – qotil» iborasi bilan video yozib olish va tayyorlangan tashviqot materiallarini tarqatish so‘ralyapti.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025