O‘zbekiston | 22:08 / 28.07.2023
8258
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga qalbaki hujjat bilan qo‘lga tushish oqibatlari sanab o‘tildi 

Abituriyent test topshirish uchun qalbaki hujjatlardan foydalansa nima bo‘ladi? 

Foto: Kun.uz

Mazkur holatda abituriyentga nisbatan ko‘riladigan bir qancha choralar belgilangan. Jumladan: 

– abituriyentlar hujjatlarining qalbakiligi aniqlansa, abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi;

– hujjatlarning qalbakiligi abituriyent o‘qishga kirganidan keyin aniqlansa o‘qishdan haydaladi;

– qalbaki hujjat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilinadi. 

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksiga ko‘ra, muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, ularni sotish BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish esa BHM 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid