Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Rossiyaning Nigerdagi to‘ntarishga aloqadorligi haqida ma’lumot yo‘q
Oq uyda Rossiya yoki «Vagner» XHKning Nigerda bir kun oldin sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarishga aloqadorligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Qo‘shma Shtatlar Nigerdagi harbiy to‘ntarishga Rossiya yoki Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi aloqadorligi haqida ishonchli dalillarga ega emas. Bu haqda 27 iyul, payshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
Oq uy vakili G‘arbiy Afrika davlatidagi davlat to‘ntarishida Moskva rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinmi, degan savolga: «Hozircha biz Rossiya yoki «Vagner» ishtiroki alomatlarini ko‘rmadik», dedi.
Bir kun avval Niger prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni qo‘lga olib, mamlakat poytaxti Niameydagi prezident saroyini to‘sib qo‘ygan edi. Dastlab prezident devoni na armiya, na Milliy gvardiya isyonchilarni qo‘llab-quvvatlamayotgani haqida xabar tarqatdi. Biroq, bir necha soat o‘tgach, milliy televideniye orqali chiqish paytida Niger harbiylari prezident Bazum chetlatilganini, chegaralar yopilganini va «butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qilinganini» bildirdi.
Keyinroq harbiy qo‘mondonlik prezident gvardiyasi askarlarini qo‘llab-quvvatlab, rasmiy bayonot bilan chiqdi. Niger qurolli kuchlari bosh shtabi uchrashuv haqida xabar berdi, natijada ular «qon to‘kilishining oldini olish va armiya safida birlikni saqlash» uchun «mudofaa va xavfsizlik kuchlari bayonotini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi».
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025