Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan olindi
Tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi.
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi.
Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha ish tartibini belgilab berdi.
Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:
- jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida ishlash bo‘yicha «mahalla beshligi»ning vazifalarini aniq belgilab berish;
- yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi.
Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, «mahalladagi beshlik» ularning muammolarini hal qiladi.
Tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun mas’ul o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani ko‘rsatib o‘tildi va shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari N.To‘raxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
To‘raxo‘jayev 2021 yil yanvarida IIV rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
13:42
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024