Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlari 1 avgustdan boshlanadi
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023 yil 1 avgust kunidan boshlanadi.
Bilimni baholash agentligi xabariga ko‘ra, test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13 avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yili uchun OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024