O‘zbekiston | 07:22 / 28.07.2023
12869
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida OIVni qasddan yuqtirgan shaxslar aniqlandi

Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Foto: IIV

Toshkent viloyati IIBB JQB Axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan yilning o‘tgan 6 oyi davomida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoiy holat aniqlanib, kasallik yanada tarqalishining oldi olindi.

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay joriy yil iyun oyida 35 va 53 yoshli shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lgani va bu orqali ushbu shaxslar va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirgani aniqlangan. Shaxslar protsessual ushlangan.

Angren shahrida yashovchi 24-43 yosh orasidagi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay o‘zga shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan va tegishli tartibda ushlangan.

Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Mavzuga oid