O‘zbekiston | 17:08 / 29.07.2023
47328
1 daqiqa o‘qiladi

Avtobusni toshbo‘ron qilgan 14 yigit 15 sutkaga qamaldi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududida Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus bir guruh yigitlar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda voqeada ishtirok etgan 14 nafar yigit ushlangan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 28 iyul kuni soat taxminan 14:00 da G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi bilan yo‘l talashib o‘zaro tortishib qolishgan.

Shundan so‘ng “Damas” haydovchisi Y.Sh. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Oytamg‘ali mahallasi hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida tanishlari bilan avtobus yo‘lini to‘sib, harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, transportga shikast yetkazgan. 

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.

IIBning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, voqeada ishtirok etgan 14 nafar shaxsga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan

Mavzuga oid