Jahon | 08:22 / 31.07.2023
8435
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya yaqinida bortida avtomobillar bo‘lgan kemani shatakka olish boshlandi

Avvalroq yong‘in yuz bergan Fremantle Highway ikki shatakka oluvchi kema tomonidan sekin va boshqariladigan tarzda Sxirmonnikog hamda Amelanddan 16 km shimoldagi yangi joyga ko‘chirilmoqda. 

Foto: Dutch Coast Guard/AA/picture alliance

Katta yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan Fremantle Highway yuk kemasini 30 iyul, yakshanba kuni ertalab shatakka olish boshlandi. Bu haqda Niderlandiya infratuzilma va suv resurslari vazirligi agentligi - Rijkswaterstaat xabar berdi. 

Yong‘indan so‘ng kemadan ko‘tarilgan tutun deyarli tarqab bo‘lgan, bu Multraship/Smit Salvage qutqaruv kompaniyasiga yordam berdi, deya tushuntiradi agentlik. 

Shu tariqa, Fremantle Highway asta-sekin va boshqariladigan tarzda ikkita shatakka oluvchi qayiq tomonidan Sxirmonnikog hamda Ameland orollaridan 16 km shimolda joylashgan yangi, vaqtinchalik joyga ko‘chiriladi. Jarayonda kemaning barqarorligini doimiy monitoring qilish amalga oshiriladi. Rijkswaterstaat agentligining Arca kemasi yaqin joyda bo‘ladi. Yonilg‘i to‘kilgan taqdirda, Rijkswaterstaat va Germaniyaning boshqa kemalari ham chaqiriladi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shatakka olish qachon tugashi ob-havo sharoitiga, tutunga, oqim kuchiga bog‘liq. 

Mavzuga oid