Jahon | 14:56 / 01.08.2023
19631
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zaro zarbalar almashinuvi va oldingi chiziqdagi samolyot. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 523-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kriviy Rihda rossiyaliklar raketalari universitet binosi va ko‘p qavatli uyga kelib urildi. Olti kishi halok bo‘lgan, 75 kishi yaralangan.
  • Zaporijjya oblastining Kreml tomonidan tayinlangan ma’muriyati Basan qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 15 kishi yaralangani haqida ma’lumot berdi.
  • «Proyekt» loyihasi 81 nafar rossiyalik tadbirkor RF armiyasi ta’minotida ishtirok etayotgani haqida xabar berdi.
  • Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy sentabr oyida BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka boradi va u yerda Rossiya-Ukraina urushi uchun «tinchlik formulasi»ni taqdim etadi. Putinda esa bunday rejalar yo‘q.
  • Moskvada sud ukrainalik milliarder Rinat Axmetovning Rossiyadagi aktivlarini xatlovga oldi.

Kriviy Rih o‘qqa tutilishi

31 iyul tongida Rossiya qo‘shini Kriviy Rih bo‘ylab zarba yo‘lladi. Volodimir Zelenskiyning xabar qilishicha, raketalardan biri universitet o‘quv korpusiga, ikkinchisi — turar joy binosiga tushgan, uyning 4-qavatidan 9-qavatigacha bo‘lgan qismi vayron bo‘lgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak rossiyaliklar zarbasi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani, ulardan biri 2013 yilda tug‘ilgan qiz ekani haqida xabar qilgan. Bundan tashqari, 75 kishi yaralangan, ulardan olti nafari voyaga yetmaganlar.

Kriviy Rihda rossiyaliklar raketasi kelib tushgan ko‘p qavatli uy
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Zarba oqibatida shikastlangan uy atrofidagi mahalliy aholi vakillari
Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan ko‘p qavatli uy xarobalari ostidan chiqarib olingan jasadni olib ketayotgan qutqaruvchilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan uyning qo‘shni binodan ko‘rinishi
Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

 

31 iyul kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv shahrini o‘qqa tutdi. Xarkiv oblast prokuraturasi spikeri Dmitro Chubenkoga ko‘ra, raketalardan biri Novobavarskiy rayonidagi tijoriy korxona omborxonasiga kelib tushgan va bu yerda yong‘in boshlangan. Bir kishi jarohat olgan.

Rossiyaliklarning yana bir raketasi Xarkiv oblasti Bolshoy Burluk posyolkasidagi xususiy uy hududiga kelib tushgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Xarkivda rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan omborxona binosi
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi

Anneksiya qilingan «DXR»ga Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat xabariga ko‘ra, 31 iyul kuni Donetsk shahrining ikki rayoni va Horlivka o‘qqa tutilgan, mahalliy rasmiylar hujumda Ukraina tomonini ayblagan. To‘rt kishi halok bo‘lib, 12 kishi yaralangan. Bir qancha ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar va xususiy uylar, avtomobillar shikastlangan.

Ukrainadagilar Donetsk va Horlivka o‘qqa tutilgani yuzasidan izoh bermadi.

Donetskda hujum vaqtida yaralangan ayol
Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan mahalliy aholi vakili jasadi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Shahar o‘qqa tutilishi vaqtida jarohatlangan kishi
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsklik ayol halok bo‘lgan qo‘shnisi jasadi yonida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainlarning oldingi chiziqdagi samolyoti 

Ukrainlarning qiruvchi samolyoti harbiy pozitsiyalar yaqinidagi kungaboqar dalalari ustidan uchmoqda
Scott Peterson / Getty Images

Mavzuga oid