O‘zbekiston | 08:38 / 01.08.2023
10289
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zatom»ga yangi direktor tayinlandi

Energetika vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zgarishlarga ko‘ra:

  • Bahrom Mansurov Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida;
  • Ilhom Ne’matullayev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Bahrom Mansurov Ukrainadagi Ivano-Frankovsk neft va gaz institutini tamomlagan. U “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar shu’ba korxonasi bosh texnologi, bosh muhandisi, direktori, “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - bosh muhandisi bo‘lgan. 

Bahrom Mansurov

Bahrom Mansurov 2019 yildan buyon Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Ilhom Ne’matullayev Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Bundan oldin u Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Ilhom Ne’matullayev

2019 yilning fevral oyi o‘rtalarida «O‘zatom» agentligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. U Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori lavozimini saqlab qolgan. 2022 yilning sentabr oyi oxirlarida Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri bo‘ldi.

Mavzuga oid