Jahon | 14:20 / 03.08.2023
22576
4 daqiqa o‘qiladi
Kiyevga dronlar hujumi va frontdagi ukrain aviatsiyasi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 525-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Ukraina hududiga yana kamikadze dronlarini yubordi: Kiyevda dron parchalari aholi yashamaydigan binoga tushgan, Odessa oblastining Izmail shahrida portga zarba berilgan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, port «jiddiy» shikastlangan.
- RF mudofaa vazirligi Qrim ko‘prigida 17 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan portlash (o‘sha hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, avtomobil yo‘li shikastlangandi) tufayli Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab kemalar va uchish apparatlari harakatini chekladi. Bundan tashqari, FXX tasdiqlashicha, ikki holatda Turkiyadan Kerch bo‘g‘oziga suzayotgan kemalarda portlovchi moddalar izlari topilgan.
- «Vajniye istorii» nashri aniqlashicha, Yevgeniy Prigojinning bayonotiga ters o‘laroq, «Vagner» XHK Rossiyada yollanma jangchilarni yollashni davom ettirmoqda.
- Belgorod oblastida hududiy mudofaa otryadlari a’zolariga qurol tarqatildi. Kursk oblastida ham shunday yo‘l tutish va’da qilingan.
Kiyevga dronlar hujumi
2 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Shahed dronlari bilan Ukrainaning bir qancha oblastlariga hujum uyushtirdi. Shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, Kiyevda havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha dronlarni urib tushirgan. Dron qoldiqlari aholi yashamaydigan binolardan birini va bolalar maydonchasini zararlagan, zarba to‘lqinidan turar joy binolaridan biridagi derazalar to‘kilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Rossiya tomoni hujum yuzasidan izoh bermadi.
Ukraina QK aviatsiyasi
Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Mavzuga oid
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024