Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ligalar kubogi. «Inter Mayami»da g‘alaba, Messida dubl, Albada debyut
Lionel Messi AQShdagi ketma-ket 3-o‘yinida ham «Inter Mayami»ga gollari bilan g‘alaba keltirdi.
Florida shtati klubi Ligalar kubogi 1/16 final bosqichida «Orlando Siti»ga qarshi maydonga tushdi.
Qayd etish joiz, o‘yin kuchli yomg‘ir sababli 1,5 soat kech boshlandi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Messi hisobni ochdi.
MESSI X ROBERT TAYLOR BANGERS ONLY 🤯🤯
— Inter Miami CF (@InterMiamiCF) August 3, 2023
Taylor puts Messi in with the chip to give us the early lead over Orlando City.#MIAvORL | 📺#MLSSeasonPass on @AppleTV pic.twitter.com/kvb8Lmcccj
17-daqiqada raqiblar safidan Arauxo hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 50-daqiqada Martines mayamiliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.
72-daqiqada esa Messi yana katta sahnaga chiqib, o‘yindagi dubli evaziga jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi – 3:1.
Doblete de MESSI 2️⃣#MIAvORL | 3-1 | 📺#MLSSeasonPass on @AppleTV pic.twitter.com/8ryNpYhBZK
— Inter Miami CF (@InterMiamiCF) August 3, 2023
Shu kuni Messi va Serji Buskets o‘yinda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Jordi Alba 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, jamoadagi debyutini o‘tkazdi.
Ligalar kubogi. 1/16 final
3 avgust (payshanba)
«Inter Mayami» – «Orlando Siti» – 3:1
Gollar: 1:0 – Messi (7), 1:1 – Arauxo (17), 2:1 – Martines (50, pen.), 3:1 – Messi (71).
Mavzuga oid
07:52 / 05.10.2023
MLS. «Inter Mayami» Messisiz «Chikago Fayr»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, 14-o‘ringa tushdi
10:22 / 10.09.2023
MLS. «Inter Mayami» Messisiz ham g‘alaba qozondi
09:55 / 20.08.2023
Messi AQShda darhol sovrin yutishni boshladi
07:35 / 16.08.2023