Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guanchjou–Toshkent va Guanchjou–Samarqand yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning Guanchjou (XXR) shahridagi Bosh konsulligi China Southern Airlines aviakompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Tsyu Guanszi bilan turizmni targ‘ib qilish va aviaqatnovlar sonini oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishda, turizm yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va Janubiy Xitoydan mamlakatga sayyohlar oqimlarni ko‘paytirishga bevosita xizmat qiladigan Guanchjou–Toshkent–Guanchjou va Guanchjou–Samarqand–Guanchjou yo‘nalishlari orqali aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish o‘zaro manfaatli bo‘lishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Tsyu Guanszi o‘z kompaniyasi bugungi kunda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida Urumchi va Pekindan parvozlarni amalga oshirayotgani, mavjud aviaqatnovlar yuqori darajada manfaatli ekanligini bildirar ekan, Guanchjoudan qo‘shimcha havo qatnovlarini amalga oshirish kompaniyaning strategik rejalarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va Xitoy bo‘ylab O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga doir taqdimotlarni o‘tkazish masalalarida birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025