O‘zbekiston | 18:19 / 04.08.2023
10819
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili o‘zgardi

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi.

Foto: twitter.com/orbisswissphoto

U bungacha O‘zbekistonning Jyeneva shahridagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili lavozimida ishlagan. U bu lavozimga 2018 yil iyul oyida tayinlangan.

Bungacha O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov bo‘lgan. U 2017 yilning may oyidan beri Nyu-Yorkda ishlab kelayotgandi. 2020 yil noyabr oyida prezident farmoni bilan Baxtiyor Ibrohimovga oliy diplomatik unvon – favqulodda va muxtor elchi maqomi berilgan edi.

2022 yil avgust oyida Ulug‘bek Lapasovga 2-darajali favqulodda va muxtor elchi unvoni berildi.

2021 yil noyabr oyida Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar Ulug‘bek Lapasovning 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingan edi.

Ulug‘bek Lapasov 1982 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2016 yilda O‘zbekistonning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakilining Shveytsariyadagi maslahatchisi etib tayinlangan.

Mavzuga oid