Sport | 17:04 / 05.08.2023
11820
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» Heylund transferini e’lon qildi 

Foto: Manchester Yunayted

«Atalanta» hujumchisi Rasmus Heylund faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

«MYu» Rasmus Heylund klub futbolchisiga aylanganini rasman e’lon qildi. Tomonlar 5+1 shaklida shartnoma imzolagan. «MYu» Bergamo klubiga hujumchi uchun 75+10 million yevro to‘laydi. 

Manchesterliklar «Lans»ga qarshi «Old Trafford»dagi o‘rtoqlik o‘yini oldidan daniyalik hujumchini tanishtiruv marosimini o‘tkazishdi.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli forvard o‘tgan mavsum A Seriyada 32 o‘yinda 9ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.

Mavzuga oid