Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Xitoyning tinchlik muzokaralarida ishtirok etishini olqishladi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xueyning Saudiya Arabistonida 5 va 6 avgust kunlari Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni «super yutuq» deb atadi.
Uning qayd etishicha, Xitoyning ishtiroki Saudiya Arabistoni rasmiylari vositachiligida amalga oshirilgan ishlar natijasida ta’minlanadi.
Muzokaralarda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Ukraina rasmiylari ishtirok etishi kerak. Rossiya uchrashuvga taklif qilinmadi.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya Saudiya Arabistonida 5 va 6 avgust kunlariga mo‘ljallangan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi mumkin.
Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 3 avgust kuni diplomatik manbaga tayanib xabar berishicha, Seul hukumati Jiddadagi yig‘ilishda prezident ma’muriyati milliy xavfsizlik bo‘limi vakilining ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, birinchi shunday anjuman 26 iyun kuni Kopenhagenda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025