O‘zbekiston | 17:00 / 07.08.2023
6517
3 daqiqa o‘qiladi

“Xon Saroy”dan yana bir loyiha o‘z egalariga topshirildi

1 avgust kuni “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi o‘zining navbatdagi “Sayram” loyihasidagi 126 ta xonadonlar kalitini o‘z egalariga topshirdi. Majmua Yunusobod tumanining 14 mavzesida joylashgan.

Kompaniya o‘z an’analariga muvofiq navbatdagi majmua topshirilishini ham katta tantanaga aylantirdi. Hudud aholisi uchun dasturxon yozilib, ko‘ngilochar tadbirda o‘zbek shou-biznes olamining ko‘plab vakillari ishtirok etishdi.

"Sayram" loyihasi Yunusobod 14-mavzeda qad rostlagan. Bino umumiy 16 qavatdan iborat bo‘lib 35.4m² dan 101m² gacha bo‘lgan 126 ta xonadondan tashkil topgan. Bundan tashqari xonadonlarda 7,7 m² dan 40,4  m² gacha bo‘lgan ochiq terassalari mavjud.

Loyihaning pastki 3 qavatida ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirish rejalashtirilgan. "Sayram" loyihasidagi xonadon egalari yangi uy bilan birgalikda:

  • Ikki kamerali plastik deraza romlari
  • Avtonom isitish tizimi  
  • Kirish temir eshiklari
  • 930 kg og‘irlik ko‘tara oladigan zamonaviy va shovqinsiz liftlar 
  • bolalar uchun xavfsiz bolalar maydonchasi
  • 24/7 rejimida ishlovchi kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan xavfsiz hududga ega bo‘lishadi.

 “Diplomat”“Sayram”, “Xon Saroy”“Mega Tower”, “Ayvon” va “Pandora” kabi turar joy majmualari bilan xalq ishonchini qozongan “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi 2022 yilda “Kvadratura takliflari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori yetakchisi” deb tan olingan edi.

Ayni vaqtda qurilish kompaniyasi o‘zining "Ocean", "Orzular", "Salom Qo'yliq", "Parlament", "Zo'rsan" loyihalarida qurilish ishlarini davom ettirmoqda.

Mavzuga oid